Jabrlangan shaxsning huquqlari

Tazyiq yoki zo‘ravonlik sodir etilgan yoxud shunday tahdid bo‘lgan taqdirda, xotin-qizlar tegishli vakolatli organ va tashkilotlarga yoki sudga murojaat qilishi mumkin.

Jabrlangan shaxs maxsus markazlarda va bepul telefon orqali huquqiy maslahat, ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boshqa yordam olish huquqiga ega.

Zo‘ravonlik haqida xabar berish va himoya so‘rash uchun jarohat yoki boshqa zararni oldindan isbotlash talab qilinmaydi.

Himoya orderini so‘rash

Jabrlangan shaxs ichki ishlar organlariga murojaat qilib, himoya orderi berishni so‘rashi mumkin. Agar orderda belgilangan shartlar buzilsa, bu haqda ichki ishlar organlariga xabar berish lozim.

Etkazilgan moddiy zararni qoplash yoki ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish talabi bilan sudga murojaat qilinganda, jabrlangan shaxs davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi.

Qaerga murojaat qilish mumkin?

  • 112 — zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha yagona dispetcherlik xizmati;
  • 1146 — tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha bepul ishonch telefoni;
  • ichki ishlar organlari — himoya orderi va huquqiy himoya so‘rash uchun;
  • «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi yoki hududiy reabilitatsiya markazi — ijtimoiy xizmat va qo‘llab-quvvatlash uchun.

1146 ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq bepul va maxfiylikka rioya qilingan holda amalga oshiriladi. Hayot yoki sog‘liqqa hozir xavf bo‘lsa, 112 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.

Huquqiy asos