Zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarni himoya qilish tizimi takomillashtiriladi

Zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarni himoya qilish tizimi takomillashtiriladi

Qonun (O‘RQ–1156-son, 01.07.2026 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.


✅ Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, bolaning eng ustun manfaatlari tushunchasi hamda uni taʼminlash kafolatlari kiritildi.

Bolaning eng ustun manfaatlari xalqaro shartnomalar, Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan bolaning oila g‘amxo‘rligida o‘sib-ulg‘ayishi, farovonligi, xavfsizligi, sog‘lig‘i, bilim olishi, to‘laqonli va har tomonlama kamol topishi, shaxsiy daxlsizligi, shaʼni, qadr-qimmati, fikrlash, so‘z va eʼtiqod erkinligi, ijtimoiy, axloqiy manfaatlari hamda  bolaning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, bolaning ishtirokida va uning fikrini hisobga olgan holda belgilanadigan manfaatlar hisoblanadi.

Shuningdek, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizim tashkilotlari, xususan, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlariga tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilar manfaatlarini ko‘zlab sudlarga davlat boji to‘lamasdan daʼvolar taqdim etish, sud majlislarida ularning vakili sifatida ishtirok etish vakolati berildi.

Bundan tashqari, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchining maxsus markazlarga joylashtirilganligi unga 1 oygacha bo‘lgan muddatga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasini berish uchun asos bo‘lishi belgilandi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.


O‘xshash yangiliklar

Chat